Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tizza bo‘g‘imlaridan operatsiya qilindi. Bu haqda Belorussiya rahbari matbuot xizmatiga asoslanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Operatsiya sababi xokkey mashg‘ulotlari vaqtida orttirilgan jarohat ekanligi aytilgan. Operatsiya oldindan rejalashtirilgan, Biroq Belorussiya prezidenti ish jadvalining tig‘izligi bois uni avvalroq o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan.
Operatsiya Belorussiya prezidenti ishlari boshqarmasining Respublika klinink tibbiyot markazida amalga oshirilgan. Hozirda o‘zini qoniqarli his qilayotgani aytilgan Lukashenko o‘zining Minsk tashqarisidagi qarorgohida ekanligi ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, tiklanish uchun 3−4 kun kerak bo‘ladi.
Izoh (0)