“Real” prezidenti Florentino Peres “Barselona” huumchisi Lionel Messining xizmatlariga qiziqmoqda va uning uchun moliyaviy tomondan juda yaxshi taklif bildirdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi” argentinalik futbolchi uchun yiliga 25 million yevro maosh taklif qildi. Ushbu jiddiy mablag‘ni to‘lashni Adidas firmasi o‘z bo‘yniga olganligi aytilmoqda. Messi taklifga rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Messi so‘nggi kunlarda kataloniyaliklar safini tark etishi mumkinligiga sha’ma qilib intervyu bergan edi. Bu xabar Ispaniyada shov-shuv keltirib chiqargan bo‘lsa, Barselonada xavotir uyg‘otgan edi. Bu orada Lionelning otasi Xorxe Messi Xosep Bartomeuni tinchlantirib, uning o‘g‘li “Barselona”da baxtiyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)