Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident xavfsizligiga javobgar AQSh Maxfiy Xizmati Oq uy yaqinida avtomobilidan qurol va o‘q-dorilar topilgan ayovalik erkakni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: AP

Foto: AP

Ayova shtatining Devenport shahrida yashovchi 41 yoshli Rene Kapxeym 20-noyabr kuni Vashingtondagi I-strit va 15-ko‘chalar kesishuvida Maxfiy xizmat xodimlariga murojaat qilgan. U kimdir Oq uyga borishini aytganidan keyin Vashingtonga yo‘l olganini ma’lum qilgan.

Soqchilar uning avtomobilini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. Kapxeym tekshiruvga rozi bo‘lgan. Maxfiy xizmat xodimlari mashina ichidan qurol va o‘q-dorilarni topgan. Kapxeym qo‘lga olingan, avtomobil ham hibsda saqlanish uchun olingan. Kapxeym qurolni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi