Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Kazino shahri ko‘chalari o‘lik ko‘rshapalaklarga to‘lib ketdi, deya xabar bermoqda Mirror. Mahalliy hukumat aholining kasallik yuqtirishidan xavfsirab, ko‘chalarni jasadlardan mustaqil ravishda tozalamaslikni so‘ramoqda.
Avstraliya o‘rmonlarida yashovchi ko‘rshapalaklarning ommaviy o‘limiga 44 darajali jazirama sabab bo‘ldi, ular bunday haroratga dosh bera olmadi.
Ayni paytda sanitariya xizmatlari xodimlari Kazino ko‘chalarini tozalashga urinmoqda, jonivorlar himoyachilari esa tirik qolgan ko‘rshapalaklarni asrab qolish uchun harakat qilmoqda.
Izoh (0)