Isroil elchixonasi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi Samarqand va Buxoroda Isroil kinosi kunlarini o‘tkazadi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqandda Isroil filmlari 20—23-noyabrda “Sharq yulduzi” kinoteatrida namoyish etiladi, Buxoroda esa Isroil kinosi kunlari 27—30-noyabrda “Buxoro” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
Barcha seanslarga kirish bepul. Tomoshabinlar e’tiboriga “Muallim Irena” (Ha’morah Irena) va “Qabriston klubi” (Moadon beit hakvarot) hujjatli filmlari, “Sev va raqsga tush”, “Shlomi yulduzi” (Ha-Kochavim Shel Shlomi) hamda “Hajm ahamiyatga ega” (A Matter of Size) badiiy filmlari havola etiladi.
Izoh (0)