Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Dubay shahrida Bahrayn U-22 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
BAAning Dubay shahrida o‘zining navbatdagi yig‘inini o‘tkazgan O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Bahrayn U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida kechgan o‘yinda hisob ochilmadi — 0:0.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bungacha 16-noyabr kuni Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 17-noyabr kuni Saudiya Arabistonining “Najran Sport Klubi”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasining Dubaydagi yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U-22 — Bahrayn U-22: 0:0
Izoh (0)