AQSh Senati Milliy xavfsizlik agentligining vakolatlarini cheklashni ko‘zda tutadigan qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun qabul qilmadi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
USA Freedom Act nomini olgan hujjatni ko‘rib chiqish uchun 100 senatorning 58 nafari xayrixohlik bildirgan. Vaholanki, qonun ko‘rib chiqilish uchun kamida 60 ta ovoz to‘plashi kerak edi.
AQSh prezidenti Barak Obama va Apple, Google, Microsoft, Yahoo kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hujjat Milliy xavfsizlik agentligining amerikaliklar telefon orqali so‘zlashuvlari yozuvlarini to‘plash huquqidan mahrum etishi ko‘zda tutilgan edi.
Izoh (0)