Hindistonning Nyu-Deli shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir davom etyapti. Musobaqada o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova ham qatnashmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Sharipova juftliklar musobaqasida chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U tailandlik dugonasi Kamonvan Buayam bilan birga serbiyalik Ivana Jorovich hamda ukrainalik Sofiya Kovales tandemini 6:3, 1:6, tay-brekda 10:5 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)