“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ichki kiyimlardan keyin endi ko‘ylak ishlab chiqarishga qaror qildi. Portugaliyalik futbolchining ishqibozlari CR7 kolleksiyasi ostida chiqarilayotgan erkaklar ko‘ylagini xarid qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Barcha sohada eng yaxshi bo‘lishni istayman. Mening ko‘ylaklarim erkak kishiga ishonch beradi. Shu bois biz o‘z-o‘zidan eng yaxshiga aylanamiz” − dedi Ronaldu.
O‘z navbatida ko‘ylak ishlab chiqarayotgan dizayner Daily Mail’ga ko‘ylaklarini ishlab chiqarish tamoyillari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu bilan munosabatim yaxshi. CR7 brendi ostidagi hamkorligimiz yangi yo‘nalish oldi. Shirt CR7 ham ichkiyimlar kabi asosga ega. Biz o‘ziga xoslik, forma va stilga ahamiyat qaratdik”, − dedi dizayner.
Izoh (0)