Associated Press agentligi Ukraina sharqida Malayziyaning “Boing” samolyoti halokatga uchraganidan biroz o‘tib olingan havaskor videoyozuvni internetga joylashtirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
https://www.youtube.com/watch?v=f1UQKoObRlo
Agentlikning taxmin qilishicha, bu halokatdan keyin olingan ilk videoyozuvdir. Rolik qulash joyidan bir necha metr uzoqlikdan, Grabovo qishlog‘idagi turar-joy binolari qurilayotgan hududdan olingan.
Videolavhada mahalliy aholi vakillari samolyot qulashi borasidagi o‘z taxminlarini ilgari surgan. Jumladan, u urib tushirilgani ham taxmin qilingan. Bir erkak esa qulagan bo‘laklarning ko‘pligi tufayli ikkita samolyot qulagan deb o‘ylaganini aytgan. Mahalliy aholi qulagan uchish apparatini harbiy samolyot deb o‘ylagan.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Amsterdamdan Kuala-Lumpurga borish uchun havoga ko‘tarilgan Malaysia Airlines’ga qarashli “Boing-777” samolyoti Ukraina sharqida halokatga uchrashi oqibatida havo kemasi bortidagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)