Farg‘onalik fuqaro o‘zining Damas rusumli avtomashinasida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumaniga bordi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda.
Fuqaro mashinasini yo‘l yoqasida qoldirib, tanishining uyiga kirib ketdi. Birozdan so‘ng qaytib chiqqanida esa mashinasi joyida yo‘q edi. Bu haqda u tezda IIBga xabar berdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida “mashina ishqibozi” aniqlandi. Birovning mashinasini olib qochgan jizzaxlik shaxs endi qonun oldida javob beradi, deyiladi nashrda.
Izoh (0)