Buxoro shahri markazidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti qarshisidagi 13-maktabga olib boruvchi yo‘l tagidan tinimsiz oqib chiqayotgan issiq suv ushbu hududni botqoqqa aylantirgan, deb xabar bermoqda Porobno.uz.
Piyodalarga katta qiynichilik tug‘dirayotgan ushbu hududni hattoki haydovchilar ham aylanib o‘tayotgani ma’lum qilingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan ishchilarning bir necha kunlik ishlari samara bermagan. Suv shunchaki ko‘payishdan tashqari turar-joy binolariga va yaqindagi axlatxonaga yaqinlashayotgani aytilgan. Shuningdek, mahalliy aholi ushbu yo‘l yaqindagina ta’mirlanganini afsus bilan esga olgan.
Podrobno.uz’ning qayd etishicha, ushbu holat kuzatilyotgan Beshinchi kichik nohiya hozirda shaharning chekkasi emas, balki markaziy qismlaridan biriga aylangan. Bu hududda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi ishlar natijasida qurilayotgan ko‘rkam binolar ko‘rinishiga bunday ko‘ngilsizliklar yarashmasligi qayd etilgan.
Izoh (0)