Rossiya Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning oila a’zolarini Ukraina sud organlariga topshirmaydi. Bu haqda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslangan “Interfaks” axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalada “Interpol” Ukraina hokimiyatidan chetlatilgan shaxslarni qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritishdan bosh tortganining o‘ziyoq Yanukovichni Ukrainaga topshirmaslik uchun salmoqli sabab bo‘la oladi.
Qayd etilishicha, faqat “Interpol”ning orderigina o‘z vatanida qidiruvga berilgan shaxsni boshqa mamlakat hududida qo‘lga olish uchun qonuniy asos bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)