Shu kungacha O‘zbekiston havaskor va professional muaytay federatsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Toshmatov O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Sherzod Toshmatov parallel ravishda Respublika Sharq yakka kurashlari va jang san’ati markazida ham vitse-prezident lavozimida ishlashda davom etadi.
Ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Malik Boboyev esa bundan buyon boks federatsiyasi bosh kotibi vazifasini bajaradi.
Ma’lumot o‘rnida, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DATK raisi, “O‘zbekiston Qahramoni” Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov O‘zbekiston boks federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.
Izoh (0)