Nokia’ning yangi rahbari Rajiv Suri kompaniya kelajakda telefon ishlab chiqarmasligini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
So‘nggi paytlarda mashhur Nokia kompaniyasi yana telefon ishlab chiqarish sanoatiga qaytishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Afsuski, kompaniyaning yangi rahbari ushbu taxminlar haqida, biz boshqa telefon ishlab chiqarmaymiz, deya ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Nokia kompaniyasining telefon ishlab chiqarish sanoati Microsoft tomonidan xarid qilingan edi. Shu bilan birga Microsoft kompaniyasi endilikda Lumia smartfonlarini Nokia brendi nomi bilan ishlab chiqarmasligini e’lon qildi va ilk Nokia nomi ishlatilmagan Microsoft Lumia smartfonini taqdim etdi.
Izoh (0)