Irlandiyaning U2 pop-guruhi yetakchisi Bono o‘tirgan samolyotning eshigi parvoz vaqtida uzilib tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Learjet 60 samolyotining bortida Bono va uning to‘rt nafar do‘sti bo‘lgan. Ulardan birortasiga zarar yetmagan, biroq hamma yuklar eshik bilan birga yerga qulagan.
Samolyot Dublindan Berlinga uchayotgan bo‘lgan. Havoga ko‘tarilgandan bir soat vaqt o‘tib, orqa tarafdan g‘alati ovoz eshitilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2500 metr balandlikda orqa eshik uzilib ketgan. Shunga qaramay, samolyot Berlin aeroportiga yaxshi qo‘nib olgan.
Izoh (0)