2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati rasmiy bezagining taqdimoti Moskva shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bezakdan to‘p parvozi, futbol belgilari, rus baleti, balalayka, troyka, semurg‘ qushi va uning pati, mehmonlarni non va tuz bilan kutib olish, gumbaz, Kiji me’morchilik majumasi, masjid, matryoshka, osmon va yulduzlar, yozgi mevalar, yurak, Faberje tuxumi va Transsibir ekspress poyezdi o‘rin olgan.
Bezakning foni guruhlardan kelib chiqib turlicha bo‘ladi. Jumladan, olmos, oltin, qizil, ko‘k va boshqa rangl;ar ishlatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)