Bishkekda 25 yoshli ayol o‘zini binoning yettinchi qavatidan tashladi. Bu haqda Qirg‘iziston paytaxti tez yordam xizmatiga asoslanib “Vecherniy Bishkek” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 13-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:15da Keribmekova ko‘chasidagi turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan.
Yiqilish natijasida orttirilgan ko‘plab jarohatlar tufayli ayol shifokorlar yetib kelmasidan halok bo‘lgan. Ayolning jasadi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Izoh (0)