Bugun, 12-noyabr kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi format va o‘zgacha ko‘rinishdagi nodavlat telekanal faoliyat boshlashi kutilmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz.
Yangi telekanalning nomi “Mening yurtim” bo‘lib, “MY5” brendi ostida media sohasida namoyon bo‘ladi. “MY5” ham aslida “Mening yurtim” so‘z birikmasining bosh harflari hamda a’lo darajaning ko‘rinishi bo‘lgan 5 raqami birikuvidir.
Kanal “Yoshlar madaniyat va san’at markazi”, “Kamolot” YoIH, O‘zEOAVMA, “O‘zbeknavo” Estrada birlashmasi kabi qator tashkilotlar muassisligida tashkil etilgan bo‘lib, raqamli formatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hududida efirga uzatiladi.
Telekanal xodimlarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, kanal asosan yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturlar ham aynan yosh jurnalistlar tomonidan tayyorlanadi.
“MY5”ning yana bir ahamiyatga molik tomoni shundaki, u O‘rta Osiyoda ijtimoiy xarakterdagi roliklarni oyiga ming marotaba efirga uzatadigan birinchi raqamli kanaldir.
“MY5” telekanali bugun o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda, biroq test rejimida dasturlarning soat nechada efirga uzatilishi haqda hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)