Niderlandiyalik mutaxassislar Ukraina sharqidagi “Boing” qulagan hududdan samolyot yo‘lovchilarining yangi qoldiqlarini topdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Niderlandiya missiyasining rahbari Piter-Yaap Albersbergning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar so‘nggi ikki hafta mobaynida voqea joyida besh kun ishlashga muvaffaq bo‘lgan va fojea qurbonlarining yangi qoldiqlarini topgan. Bundan tashqari, mahalliy aholi ham mutaxassislarga ikki nafar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Amsterdamdan Kuala-Lumpurga borish uchun havoga ko‘tarilgan Malaysia Airlines’ga qarashli “Boing-777” samolyoti Ukraina sharqida halokatga uchrashi oqibatida havo kemasi bortidagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)