2014 27-iyundagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014-2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida qator ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
G‘ijduvon tumani Zafarobod shaharchasida 31 ko‘p qavatli va 116 yakka tartibdagi turar-joy mavjud bo‘lib, qish mavsumida aholi xonadonlarida issiqlik, elektr energiyasi hamda gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish choralari ko‘rildi. Ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash, kanalizatsiya quvurlarini yangilash yuzasidan belgilangan ishlar sifatli bajarildi.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishda shaharchadagi elektr tarmoqlari korxonasi, 5-kon boshqarmasining markaziy issiqlik uzatish bo‘limi, “G‘ijduvongaz” filialining 400 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislari ishtirok etdi.
Izoh (0)