Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya chempionati doirasida “Torpedo”ga qarshi kechgan va 1:0 hisobida “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan uchrashuvdan so‘ng libosini nogiron kishiga sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Buning uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi ancha urinishiga to‘g‘ri keldi. Uchrashuv yakuniga yetgach, Vitaliy Denisov kutilganidek boshqa futbolchilar qatori “Lokomotiv” muxlislar klubi joylashgan tribuna tomonga emas, balki qarama-qarshi tomon yurdi. Vitaliy “Lokomotiv” klubi sharfini taqqan nogironlar aravachasidagi kishi oldiga kelgach, baland to‘siq ustiga chiqib, tribuna tomon engashgan va libosini unga sovg‘a qilgan. Shundan so‘ng himoyachi nogiron kishining yelkasiga do‘stona urib qo‘yib, qo‘lini siqqan va ortiga qaytib ketgan.Rossiyadagi bir qator nashrlar Vitaliy Denisovning bu harakatini “Ramenskiy” stadionidagi eng olijanob ish sifatida baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov 2013-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.
Izoh (0)