12—14-noyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Avtomobillar, butlovchi qismlar, servis uskunalari — Auto&Parts Uzbekistan” 10-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ITE Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ko‘rgazma Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridagi avtomobil sanoati ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari, yetkazib beruvchilari va iste’molchilari faol va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun to‘planadigan joydir.
Ko‘rgazmada yengil, yuk va maxsus avtomobillar, qishloq xo‘jalik texnikasi, qo‘riqlash tizimi va signalizatsiya, interyer — tizimlar va modullar, tyuning, aksessuarlar va boshqalar namoyish etiladi.
Izoh (0)