WhatsApp messenjeri orqali yuborilgan matn, surat, video va ovozli xabarlar ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligini bilish mumkin bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun WhatsApp messenjerining yangi versiyasini mobil qurilmangizga o‘rnatishingiz, yuborilgan xabarlar oynasini ochishingiz va xabarni biroz muddat bosib turishingiz zarur. Shunda xabar ma’lumotlari menyusi ochiladi. Keyin esa “i” harfli logotipga ega bo‘limga kirishingiz kerak va u yerdagi yozuvlar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
- Delivered — jo‘natilgan xabar yetib borgan, ammo hali o‘qilmagan ham bo‘lishi mumkin;
- Read — matnli xabar o‘qilgan va uning vaqti;
- Seen — yuborilgan surat yoki video ko‘rilgan va uning vaqti;
- Played — yuborilgan ovozli xabar eshitilgan. Agar eshitilmasa, Seen yozuvi ko‘rinadi va bunda ovozli xabar ko‘rilgan-u, eshitilmagan bo‘ladi.
Izoh (0)