U-22 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati-2016 saralash bahslariga shu yilning 4-dekabr kuni qur’a tashlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra ko‘ra, jami 44 terma jamoa ikki zonaga bo‘lingan holda saralash guruhlariga ajratiladi. 2016-yilgi Osiyo Chempionati mezboni esa, saralash bahslaridan ozod etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni qatorida 2016-yilgi U-22 Osiyo Chempionati mezbonligiga da’vogar hisoblanadi. Osiyo Chempionati-2016 mezboni nomi esa 31-noyabr kuni OFK Ijoriya Qo‘mitasi yig‘ilishida e’lon qilinadi.
Osiyo Chempionati saralashi reglamentiga ko‘ra, O‘zbekiston G‘arb zonasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi. G‘arb zonasida jami 23 ta jamoa 5 guruhga bo‘lingan holda musobaqaga kirishadi. G‘arb zonasi saralash bahslariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini esa OFK tasdiqladi va unga ko‘ra Eron, Qatar, Falastin, Bangladesh va Pokiston saralash guruhlariga mezbonlik qiladilar.
Osiyo Chempionati saralash bahslari esa 2015-yilning 23−31-mart kunlari o‘tkaziladi. Reglamentga ko‘ra, saralash guruhi g‘oliblari va 2-o‘rinni egallagan jamoalar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 5ta jamoa Osiyo Chempionati-2016 final bosqichiga yo‘llanma oladilar.
Ma’lumot o‘rnida, 2016-yilda o‘tkaziladigan U-22 Osiyo Chempionati xuddi shu yili Rio de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlariga ham saralash vazifasini o‘taydi. 2016-yilgi OCh final bosqichi o‘yinlari sanasi keyinrok OFK tomonidan tasdiqlanadi.
Izoh (0)