O‘zbekistonning 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Vyacheslav Soloxo shogirdlari bu safar Livanni yirik hisobda mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik qizlar raqib darvozasini yetti marta ishg‘ol qildi. Gollarning uchtasi birinchi bo‘limda, qolgani ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga kiritildi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati yo‘llanmasini bitta terma jamoa qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi 1-turda Hindistonni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Izoh (0)