Xalqaro professional futbolchilar assoatsiyatsiyalari uyushmasi rahbari Teo van Seggelen futbolchilarni Qatarda o‘tadigan JCh-2022 yozda o‘tadigan bo‘lsa, unga nisbatan boykot e’lon qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Agar turnir muddati o‘zgartirilmasa, sudda ham shu pozitsiyamizda qolamiz va o‘yinchilarga musobaqaga bormaslikni maslahat beramiz. Biz qo‘limizdan kelgan barcha kerakli choralarni ko‘ramiz”, − dedi van Seggelen.
3-noyabr kuni Syurixda FIFA ishchi qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda JChni 2022-yilning yanvar−fevral yoki noyabr−dekabr oylarida o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Yevropa klublari assotsiatsiyasi ham FIFAdan Qatar-2022ni mayda o‘tkazishni so‘ramoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Ammo van Seggelen bu fikrga ham qo‘shilmaydi.
“Ular juda ko‘p narsa so‘rayapti. O‘yinchilarning sog‘ligi va xavfsizligi klublarning iqtisodiy va moliyaviy qiziqishlaridan muhimroq bo‘lishi kerak”, − dedi u. Van Seggelenning fikricha, eng optimal variant − noyabr-dekabr oylari.
Izoh (0)