2-noyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahrida joylashgan xonadonlardan biriga yosh yigitlar yorib kirib, 22 yoshli qizni qiynab o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Anhor.uz.
Uyda yong‘in uyushtirgan va gaz plitasining barcha bo‘linmalarini ochiq qoldirgan jinoyatchilar pul va qimmatbaho buyumlarni olib, qochib qolgan.Qizning xolasi bundan biroz oldin do‘konga chiqqani ma’lum qilingan. Uyga qaytgan ayol yong‘inga guvoh bo‘lgan va gaz hidiga to‘lgan uyda qo‘lidagi jarohatlar natijasida halok bo‘lgan jiyanining jasadini topgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)