Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi o‘zining 1-noyabrdagi qarori bilan respublika prokurori etib Ikromjon Polvonovni tayinladi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
Ikromjon Polvonov 1977-yilda To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
U o‘z mehnat faoliyatini To‘rtko‘l tuman prokuraturasida boshlagan, Nukus prokurori yordamchisi va Nukus prokuraturasi katta tergovchisi bo‘lib ishlagan.
2004-yilda Qoraqalpog‘iston prokurori yordamchisi etib tayinlangan, so‘ng O‘zbekiston Bosh prokuraturasi boshqarmasi prokurori lavozimini egallagan.
2008-yilda Xorazm viloyati Xonqa tumani prokurori etib tayinlangan, so‘ng Buxoro viloyati prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)