O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Farmonga binoan, kompaniayning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvonlari, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlanadi.
2014-yil 5-noyabr kuni e’lon qilingan farmon matni bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)