Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan keyin 1/8 finalga chiqqan yana to‘rtta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Bavariya” “E” guruhida 12 ochko bilan 1-o‘rinni kafolatlagan bo‘lsa, “PSJ” va “Barselona” mos ravishda 10 va 9 ochko bilan keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qildi. “Portu” esa 10 ochko bilan “H” guruhini boshqarmoqda.
Kechagi bahslardan so‘ng “Real” va “Borussiya” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Angliya chempioni “Manchester Siti” o‘z maydonida “SSKA”ga yutqazib qo‘ydi va ikki ochko bilan guruh autsayderi bo‘lib turibdi.
Yevropa chempionlar ligasi, 4-tur
“D” guruhi:
- “Maribor” (Sloveniya) — “Chelsi” (Angliya): 1:1 (0:0)
- “Sporting” (Portugaliya) — “Shalke-04” (Germaniya): 4:2 (1:1)
- “Manchester Siti” (Angliya) — “SSKA” (Rossiya): 1:2 (1:2)
- “Bavariya” (Germaniya) — “Roma” (Italiya): 2:0 (1:0)
- “PSJ” (Fransiya) — “APOEL” (Kipr) 1:0 (1:0)
- “Ayaks” (Amsterdam) — “Barselona” (Ispaniya): 0:2 (0:1)
- “Atletik” (Ispaniya) — “Portu” (Portugaliya): 0:2 (0:0)
- “Shaxtyor” (Ukraina) — “BATE” (Belarus): 5:0 (1:0)
Izoh (0)