Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Krizis holatlarida boshqarish milliy markazi rahbari o‘rinbosari Oleg Voronov yana bir gumanitar yordam kolonnasi Donbassga yetib borganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 50 tonnadan ortiq dori va yoqilg‘i ortilgan 10 ta yuk mashinasi Donetsk shahriga yetib borgan. Shuningdek, Lugansk shahriga ham aynan shu miqdordagi avtokolonna borgan. Hozirda yuklar tushirilayotgani aytilgan.
Bu umumiy hisobda Rossiya tomonidan Ukraina sharqiga yuborilgan oltinchi gumanitar konvoydir. Bundan bir hafta oldin oziq-ovqat, yoqilg‘i, qurilish materiallari va dori-darmonlari ortilgan 100 avtomobildan iborat kolonna Donbassga yetib kelgan edi.
Izoh (0)