Qirg‘izistonda republika hududida keskin suv taqchilligi natijasida yuzaga kelgan energiya tangligi sharoitida ko‘mir narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan bo‘ldi. Bu haqdagi qaror 4-noyabr kuni mamlakat bosh vaziri Jumart Otarboyev tomonidan imzolandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi respublika energetikasi yil qurg‘oqchil kelgani tufayli inqirozoldi vaziyatda turganini ma’lum qilgan edi.
Yangi qarorga muvofiq, ko‘mirning eng yuqori narxi har bir mintaqa uchun yagona etib belgilanadi, bu aholini ushbu isitish mavsumida arzon narxdagi yoqilg‘i bilan ta’minlash imkonini beradi.
Izoh (0)