Koreya Xalq Demokratik Respublikasi uranni boyitish bo‘yicha yangi zavodni ishga tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Janubiy Koreyaning “Chonun Ilbo” gazetasi Koreya Respublikasi ma’muriyati amaldorlaridan biriga tayanib xabar berishicha, yangi zavod Shimoliy Koreyaning Yonbyon yadroviy markazi tarkibiga kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzunligi 120 metr va kengligi 15 metr bo‘lgan inshoot eski zavodning yonida qurilgan.
Koreya Respublikasi razvedkasiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, yangi zavodda uranni boytish uchun 2000ga yaqin sentrifuga mavjud. Seul va Vashington maxsus xizmatlari zavodda yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarish boshlangan-boshlanmaganligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izoh (0)