Gavay orollari yaqinida yo‘lbars akula syorfer ayolga hujum qilib, unig qo‘lini tishladi, biroq yirtqich changalidan qutulishga muvaffaq bo‘lindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
34 yoshli Makkenzi Klark va uning do‘sti Brayan Vargo Shimoliy Koxalada sohildan 130 metrcha masofada to‘lqinda uchayotganda akula ayolga hujum qilgan. Nahangning ilk hujumi omadsiz chiqqan bo‘lsa-da, u yana bir marta tashlangan. Vargoning so‘zlariga ko‘ra, u navbatdagi to‘lqinni o‘tkazib yuborgach qichqiriq ovozini eshitgan va akula uning dugonasini suv ostiga tortib ketganini ko‘rgan.
“Men qattiq qo‘rqdim. Nima qilishni bilmay qoldim. Akula birinchi marta meni turtganda toshga tegib ketdim, deb o‘yladim. Men hech nimani anglayolmay qoldim, hammasi juda tez sodir bo‘ldi”, − dedi Klark.
Erkak Makkenzining yoniga suzib borgan, biroq akula ayolni tortib ketavergan. Birozdan so‘ng yirtqich Makkenzini qo‘yib yuborgan, ammo keyin uchinchi hujumni boshalagan. Natijada uning qo‘lini tishlab olgan. Ayol besh marta zarba berganidan so‘ng nahang suzish taxtasini qo‘yib yuborgan va o‘zi ham ketib qolgan.
Izoh (0)