Toshkent shahridagi Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida ketma-ket beshta avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar qilgan.
Hodisaga guvoh bo‘lgan foydalanuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, mashinalar qizil chiroqda xotirjam turgan bir paytda Lacetti Captiva’ni orqadan turtib yuborgan va zanjir reaksiyasi boshlanib ketgan. Boshqa bir foydalanuvchining aniqlik kiritishicha, Captiva boshqa bir Lacetti’ga, u esa oldindagi Spark va yana bir xorijiy markadagi avtomobilga urilgan.
Qurbonlar yo‘qligi, lekin tez yordam mashinasi yetib kelgani aytilgan. Guruh a’zolaridan yana biri voqea tafsilotlari o‘rganilayotgan jarayon suratlarini joylashtirgan.
Izoh (0)