Singapurlik fotosuratchi Aram Pan Shimoliy Koreyada o‘tkazilgan modalar namoyishini suratga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Independent’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
“KXDR kabi yopiq mamlakatda har yili moda defilesi tashkil etilishi g‘alati ko‘rinishi ham mumkin”, – deyiladi gazetadagi maqolada.Qayd etishlaricha, Pan 2013-yil avgustidan beri o‘zining yopiqligi bilan shuhrat qozongan mamlakatga to‘rt marta “hech bir to‘siqsiz kira olgan”.
12-Pxenyan modalar namoyishi sentabr oyida Shimoliy Koreya poytaxtida bo‘lib o‘tgan. Fotografning suratlarida podiumda mahalliy modaning so‘nggi an’analarini namoyish etayotgan modellarni ko‘rish mumkin.
“Erkaklar modasi, aftidan, deyarli o‘zgarmaydi”, – deya ma’lum qildi Pan. “Biroq ayollar modasi, ko‘rinishidan, rivojlanmoqda va u Pxenyanning o‘zi bilan cheklanib qolayotgani yo‘q”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Fotografning so‘zlariga ko‘ra, tadbirda namoyish etilgan liboslar uning uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan, chunki Pan avvalroq matbuotda KXDR ayollariga shim va yorqin ranglardagi liboslarni kiyish taqiqlangani haqida o‘qigan.
“Biroq men shahar ko‘chalarida ham ayollar kiyinish masalasida borgan dadilroq va modaga mosroq bo‘lib borayotganliklarini ko‘rdim”, – dedi Pan.
Izoh (0)