AQShdagi Los-Anjeles xalqaro aeroportida aviatsiya yoqilg‘isi ortilgan yuk mashinasi bo‘sh samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Los Angeles Times gazetasi mahalliy o‘t o‘chirish xizmatiga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, hodisa 4-noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yoqilg‘i yonib ketishi kuzatilmagan.
To‘qnashuv natijasida haydovchi mashinada qisilib qolgan. Qutqaruvchilar uni chiqarib olib, yaqindagi shifoxonalardan biriga yetkazgan. Uning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)