Internetda “Forsaj 7” (Furious 7) filmining ilk rasmiy treyleri paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua. Universal kinokompaniyasi o‘zining YouTube portalidagi kanaliga filmning uzoq kutilgan roligini joyladi. U ikki kun ichida 12 million marta tomosha qilindi.
Navbatdagi film voqealari ham AQShda bo‘lib o‘tadi. Bu safar qahramonlar avvalgi filmda o‘ldirilgan dushmanning ukasi bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu film mahrum aktyor Pol Uokerning so‘nggi ishidir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida amerikalik aktyor Pol Uoker Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan edi.
Keyinroq Pol Uokerning ukalari yettinchi “Forsaj” filmini suratga olish ishlarining yakunlovchi qismida qatnashishi, ular akasi suratga tushib ulgurmagan epizodlarda uning rolini bajarishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)