Ruminiyada 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichi natijalarining 56 foizi hisoblangan bir vaqtda nomzodlardan hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz ololmagani ma’lum bo‘lmoqda, deb xabar berdi Reuters.
Saylovda 39,6 foiz ovoz to‘plagan mamlakat bosh vaziri Viktor Ponta yetakchilik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchisi − Sibiu shahri meri Klaus Yoxannis hozircha 30,2 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘lgan. Qolgan nomzodlarning birortasi 7 foizdan ko‘p ovoz ololmagan.
Ponta ham, Yoxannis ham belgilangan 50 foiz ovozlarni to‘play olmasligi deyarli aniqligi tufayli ular endi 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida bellashadi. Amaldagi prezident Trayan Besesku uchinchi marta o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin emas.
Izoh (0)