Statistik, soliq, moliyaviy va boshqa hisobotlarni topshirishning elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etish doirasida ayni paytda tadbirkorlik subyektlarining 99 foizi soliq hisobotlarini, 94,7 foizi statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Bundan tashqari, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarning kontaktsiz elektron shakllarini rivojlantirish natijasida joriy yilning to‘qqiz oyida 280 mingdan ziyod bojxona yuk deklaratsiyalari (umumiy miqdorning 98,2 foizi) elektron shaklda rasmiylashtirildi.
Oliy xo‘jalik sudi tomonidan sud ishi ishtirokchilarining 30 mingdan ortiq elektron ariza va murojaatlari ko‘rib chiqildi, ularga 42 mingdan ziyod xabarnoma elektron shaklda taqdim etildi.
Izoh (0)