Moskvadagi Vnukovo aeroportida Falcon yengil dvigatelli samolyotining halokati bilan bog‘liq ish bo‘yicha to‘rtinchi kishi – aeroport parvozlar rahbari Roman Dunayevga ayblov e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bungacha stajyor dispetcher Svetlana Krivsun, “Vnukovo” aeroporti dispetcheri Aleksandr Kruglov hamda aeroportning aerodrom xizmati yetakchi muhandisi Vladimir Ledyonovga ham aynan shu ish yuzasidan ayblov e’lon qilingan edi. Qonun bo‘yicha, ular hodisadan 10 kun o‘tgach ayblanuvchi sifatida so‘roq qilingan va uy qamog‘iga mahkum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 21-oktabrga o‘tar kechasi Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)