Ukraina chegarachilari Rossiyadan kelgan gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalarini rasmiylashtirmagan, faqatgina ko‘rib chiqqan. Bu haqda Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi vakili, polkovnik Andrey Lisenkoga tayanib Korrespondent.net xabar berdi.
“Rossiya gumanitar konvoyi kelishi bugun ertalab soat 07:00 da boshlandi. Matveyev-Kurgan va Donetsk punktlarida 76 ta mashina va 147 nafar kishi ketayotgani kuzatilgan”, − deb qayd etdi Lisenko. “Qizil xoch” jamg‘armasi yukning chegaradan o‘tishida qatnashmaganini ham ta’kidladi.
Lisenko Rossiya tarafdan gumanitar yordam yuborish bo‘yicha xalqaro huquq talablari buzilganini qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Rossiyaning to‘rtinchi gumanitar yordam konvoyi Donetsk va Lugansk viloyatlariga yetib kelgan edi.
Izoh (0)