2014-yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston — Xitoy muntazam maslahatlashuvlari doirasida turli darajada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)