AQShning Kanzas shtatidagi aeroportlardan birida uncha katta bo‘lmagan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Hodisa Uichito shahridagi Mid-Continent aeroportida sodir bo‘lgan. Samolyot parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha markaz joylashgan binoga borib urilgan.
Hozirgi vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. NBC xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohat olgan.
Izoh (0)