Professional futbolchilar assotsiatsiyasi xalqaro federatsiyasi (FIFPro)ning Tokioda bo‘lib o‘tgan bosh assambleyasida FIFA va Interpol hamkorlikda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“O‘z resurslarimizni ishga solgan holda o‘yinlarning sofligini saqlashni yangi darajaga olib chiqa olamiz”, — dedi Professional futbolchilar assotsiatsiyasi xalqaro federatsiyasi Bosh kotibi Teo van Seggelen.
Mazkur hamkorlik doirasida tegishli odamlarga DVD disklar tarqatiladi. U yerda kelishilgan o‘yinlarga qarshi muhim usullar borasida ko‘rsatmalar berilgan.
Izoh (0)