Vivo kompaniyasi dunyoning eng ingichka smartfonini ishlab chiqarishi mumkin. Ushbu smartfon 3,8 millimetr qalinlikda bo‘ladi, deb yozadi Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri.
Shuningdek, Oppo kompaniyasi ham yaqindagi dunyoning eng ingichka smartfonini ishlab chiqarishini xabar qilgan edi. Ammo u 4 millimetr qalinlikda bo‘lishi kutilmoqda. Quyidagi suratlarda esa Apple iPhone 5s va Vivo kompaniyasining taqdim etilishi kutilayotgan smartfonini taqqoslashingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunning eng ingichka smartfoni Gionee kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u 5,1 millimetr qalinlikda va Elife S5.1 deb nomlanadi.
Izoh (0)