“Barselona” hujumchisi Luis Suares 2002-yidan buyon birinchi marta “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lmagan “Oltin butsa” egasi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
2002-yilda “Oltin butsa”ni “Sporting” hujumchisi Mario Jardel olgan edi. U ham o‘sha yilgi “Oltin to‘p”ga nomzod qilib ko‘rsatilmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Suares mavsumning eng yaxshi to‘purari sovrinini “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lishib olgan: Ikki o‘yinchi ham o‘zlari qatnashgan chempionatda 31 tadan gol urib, 62 ball yiqqan.
Izoh (0)