Toshkent shahrida davom etayotgan FIDE Gran-prisida 28-oktabr kuni 7-tur partiyalari o‘tkazildi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rustam Qosimjonov oq donalarda harakat qilishiga qaramay, bu safar ham g‘alaba qozona olmadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Qosimjonov turnir jadvali peshqadamlaridan biri amerikalik Xikaru Nakamura bilan durang o‘ynadi.
7-turdan so‘ng Rustam Qosimjonov ikki ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etdi. Isroillik Boris Gelfand hisobida ham ikki ochko bor.
Izoh (0)