“Sen yolg‘iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda butun respublika bo‘ylab mehribonlik uylari va “SOS − bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari dispanserizatsiyasini tashkil qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Toshkentdagi dispanserizatsiya 27−31-oktabr kunlari Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti klinikasida o‘tkaziladi. 21, 22, 23, 30-raqamli mehribonlik uylari va poytaxtdagi “SOS − bolalar mahallalari”ning 600ga yaqin tarbiyalanuvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi muassasalar tarbiyalanuvchilari 3−7-noyabr kunlari dispanserizatsiyadan o‘tkaziladi. Jami 2500 nafardan otriq 3 yoshdan katta bolalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)